Matnning Assotsiativ Tahlilida Pretsedent Birliklarning O‘Rni
Keywords:
Assotsiativ tilshunoslik, pretsedent birliklar, badiiy matnAbstract
Zamonaviy tilshunoslikda badiiy matnda qo‘llangan pretsedent birliklarning аssotsiativ nuqtayi nazaridan o‘rganilishi muallif va o‘quvchi muloqot jarayonidagi assotsiativ tafakkurning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Badiiy matnni bu tarzda tadqiq etish orqali matn semantikasi fonida ko‘zda tutilayotgan yashirin mazmunning assotsiativ holda idrok etilishi, pretsedent birliklarning matn mazmunining serqatlam bo‘lishini ta’minlashdagi o‘rnini yoritishda muhim hisoblanadi.