“Yangi G‘O‘Zaning C-7316 Navini O‘Sishi, Sug’orilish Tartiblari Hamda G’o’zaning Rivojlanishiga Ma’danli O‘G‘Itlar Va Ko‘Chat Qalinligining Tas’iri” Mavzusida

Authors

  • Saydaliyev Begijon Shavkatbek 06.01.08. -“O‘simlikshunoslik” ixtisosligi tayanch doktoranti, Andijon Qishloq Xo‘Jaligi Va Agrotexnologiyalar Instituti

Keywords:

O‘g‘itlarning samaradorligi, oziq moddalarni miqdor va sifat jixati, o‘suv davri, qisqa va uzoq oziqlanadigan guruxlar, g‘o‘za o‘suv davri, rivojlanish davrlari, unib chiqish, shonalash, gullash, ko‘sak tugish va pishish, nixollar, azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar

Abstract

G‘o‘za o‘suv davrida sifat jixatidan farq qiladigan bir necha rivojlanish davrlarini kechiradi, bu xol oziqlanish jarayoniga xam ta’sir etadi. G‘o‘zani unib chiqish, shonalash, gullash, ko‘sak tugish va pishishdan iborat rivojlanish davrlari bo‘ladi. O‘g‘itning paxta xosiliga va o‘suv davri davomida g‘o‘zaning rivojlanishiga qanday tasir ko‘rsatishini o‘rganish natijalari o‘simlik xayotini oltita davrga bo‘lib chiqishni taqazo qiladi. Birinchi davr – chigit unib chiqishidan nixollarda birinchi chinbarg xosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt. Ikkinchi davr – g‘o‘zada bitta chinbarg xosil bo‘lgandan birinchi shona paydo bo‘lgunga qadar o‘tadigan vaqt. Uchinchi davr – g‘o‘zani birinchi shona chiqarish paytidan birinchi guli ochilgan paytigacha o‘tadigan vaqt. To‘rtinchi davr – g‘o‘zani gullash-ko‘sak tugish davri bo‘lib, ancha uzoq cho‘ziladi. Beshinchi davr – g‘o‘za dastlabki ko‘saklari ochilishigacha davom etadi. Oltinchi davr-ko‘saklarning ochilish davri bo‘lib, u dastlabki ko‘sakning ochilishidan boshlab o‘suv davrining oxirigacha davom etadi. O‘simlikni yaxshi rivojlanishi va ko‘saklarning barvaqt ochilishi, shuningdek mo‘l va yuqori sifatli xosil olish uchun o‘simlik xayotining dastlabki davrlarida sharoit yaratilishi, o‘sha paytda ular yetarli darajada oziq moddalar bilan taminlangan bo‘lishi kerak.

Downloads

Published

2024-12-13

How to Cite

Shavkatbek, S. B. . (2024). “Yangi G‘O‘Zaning C-7316 Navini O‘Sishi, Sug’orilish Tartiblari Hamda G’o’zaning Rivojlanishiga Ma’danli O‘G‘Itlar Va Ko‘Chat Qalinligining Tas’iri” Mavzusida. Miasto Przyszłości, 55, 604–606. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/5679