70-80-Yillar O‘Zbek She’riyatida “San’at” Mavzusi (Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Rauf Parfi She’riyati Misolida)

Authors

  • Maxmudov Sardorbek Andijon davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi

Keywords:

San’at, she’riyat, sintez

Abstract

70-80-yillarda o‘zbek she’riyatida san’at mavzusi yangi g‘oyaviy-badiiy bosqich sifatida shakllandi va keng qamrovli yondashuv kasb etdi. Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Usmon Azim va Rauf Parfi ijodida san’at va she’riyatning sintezi orqali insoniy kechinmalar, ijtimoiy masalalar va falsafiy mulohazalar ifodalandi. She’riyatda tasviriy san’at, musiqiy ohang, teatr va kino kabi turli san’at turlari lirik obrazlar vositasida uyg‘unlashtirildi. Shoirlar ijodida san’at mavzusi nafaqat estetik qimmatga ega bo‘ldi, balki inson ruhiyati va jamiyat holatining aks-sadosi sifatida ko‘rinish oldi. Ushbu davr she’riyati san’at vositalaridan foydalangan holda yangi obrazlar, shakllar va g‘oyalarni o‘z ichiga olgan murakkab va serqirra hodisa sifatida yuksaldi.

Downloads

Published

2024-12-20

How to Cite

Sardorbek, M. (2024). 70-80-Yillar O‘Zbek She’riyatida “San’at” Mavzusi (Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Rauf Parfi She’riyati Misolida). Miasto Przyszłości, 55, 1115–1122. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/5813