INGLIZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDA EKVIVALENTLIK HAMDA ULARNING XUSUSIYATLARI
Keywords:
ekvivalent, nazariya, matn, tarjima, lingvistika, adekvatlikAbstract
tarjima tillararo muloqotning alohida turi sifatida asosiy e’tiborni ikki til tizimining semantik jihatiga qaratishni taqozo etadigan ijodiy jarayondir. Chunki axborotning to‘laqonliligi asosini turli tillar matnlarining semantik uyg’unligi tashkil etadi. Lisoniy tarjimaning muhim vazifalaridan biri “translatologik ekvivalentlik” tushunchasini muayyan qilishdan iboratdir. XX asrning ikkinchi yarmidan beri, “Ekvivalentlik” tushunchasi tarjimashunoslikda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Asrlar davomida so‘zma so‘z tarjima yoki erkin tarjima munozaralaridan so‘ng, tarjimashunoslar nazariyaning asosiy termini bo‘lgan “ekvivalentlik” tushunchasiga qaratdilar. Bu maqolada “Ekvivalentlik” tushunchasi, tarjima nazariyasining tarixiy davrlarida orttirgan ma’nolari bilan qiyosiy va tanqidiy tarzda ko‘zdan kechiriladi.