"Scamper" Texnikasining Nazariy Asoslari: Uning Kelib Chiqishi, Asosiy Tushunchalari Va Komponentlari
Keywords:
SCAMPER, ijodiy fikrlash, innovatsiyaAbstract
Ushbu maqolada ijodiy fikrlash va innovatsion g'oyalarni ishlab chiqishning samarali vositasi sifatida SCAMPER texnikasining nazariy jihatlari yoritilgan. Maqolada texnikaning kelib chiqish tarixi, uning asosiy tushunchalari va tarkibiy qismlari tahlil qilingan. SCAMPER metodologiyasining ta'lim, biznes va innovatsion faoliyatdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida ushbu texnikaning kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi roli va amaliy ahamiyati aniqlangan.