O‘Quvchilar Motivatsiyasini Oshirishda Pedagogning Roli

Authors

  • Haydarova Mehrangez Mamarasulovna Iqtisodiyod va Pedagogika Universiteti Samarqand kampusi Ingliz tili

Keywords:

motivatsiya, pedagogning roli, ta’lim jarayoni

Abstract

Bu maqolada o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda pedagogning tutgan o‘rni, uning amaliy faoliyati hamda shaxsiy fazilatlarining ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida motivatsiya o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otuvchi asosiy omil sanaladi. Shuning uchun pedagog tomonidan har bir o‘quvchiga individual yondashuv, o‘z vaqtida berilgan rag‘bat, darslarning qiziqarli hamda interaktiv tarzda tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada motivatsiyaning turlari, ayniqsa ichki va tashqi motivatsiya o‘rtasidagi farqlar hamda ularni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash bilan ularning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish orqali motivatsiyani kuchaytirishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Pedagogning ijobiy shaxsiy namunasining o‘quvchilarga ruhiy ta’siri ham maqolaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy tavsiyalar aytib o’tiladi.

Downloads

Published

2025-04-14

How to Cite

Haydarova Mehrangez Mamarasulovna. (2025). O‘Quvchilar Motivatsiyasini Oshirishda Pedagogning Roli. Miasto Przyszłości, 59, 147–152. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6301