VALSIMON DETALLARNI ISHQALANIB YEYILISHINING TAHLILI
Keywords:
val, ishqalanish, mashina, detal, birikma, yeyilish, abraziv.Abstract
Ushbu maqolada valsimon detallarning ishqalanib yeyilishi jarayoni texnologik va mexanik nuqtai nazardan o‘rganiladi. Valsimon detallar ko‘plab mexanizmlar va uzatmalar tizimining muhim qismini tashkil etadi, ularning ishonchliligi va xizmat muddati esa ko‘p jihatdan ishqalanish va yeyilish xususiyatlariga bog‘liq. Ishqalanish natijasida yuzaga keladigan mikroshikastlanishlar, sirt haroratining ortishi, moylash sharoitining yomonlashuvi va materialning charchoqqa uchrashi valsimon detallarning ishlash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda turli materiallardan tayyorlangan detallar namunalari laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi va ularning yeyilish tezligi, yuzaning silliqligi va qattiqligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shuningdek, moylash vositalari va termik ishlov berish usullarining yeyilishga ta’siri ham baholandi. Olingan natijalar, valsimon detallarni loyihalashda va texnik xizmat ko‘rsatishda optimal qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada valsimon detallarini ishlash sharoitiga bog’liq holda yeyilish turlari, harakterlari va ularni bartaraf etish usulari keltirilgan.