DAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKNING MOLIYAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Davlat xususiy sheriklik, moliyalashtirish manbaalari, investitsion faoliyat, xususiy tadbirkorlikAbstract
Ushbu maqolada davlat‑xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini moliyalashtirish manbaalari va ularning iqtisodiyotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Innovatsion sektor doirasida amalga oshirilayotgan DXSH loyihalari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, jumladan investitsiya salohiyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va loyiha risklarini boshqarish singari jihatlar — keng yoritilgan bo‘lib, xususiy sektor ishtirokini kuchaytirish, davlat‑xususiy sheriklik mexanizmlarini optimallashtirish orqali milliy iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llari va tavsiyalar taklif qilingan. Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida moliyalashtirish manbaalarini kengaytirish hamda sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar taqdim etilgan.