Kognitiv Metafora Ildizlari, Tafakkurning Mohiyati
Keywords:
kognitiv metafora, manba soha, maqsad sohaAbstract
Maqolada kognitiv metafora nazariyasining asosiy tamoyillari va ularning inson tafakkuri bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Metafora ikki soha — manba va maqsad sohalari — o‘rtasidagi konseptual bog‘lanishga asoslanishini ta’kidlab, bu ikki sohadan birgalikda foydalanish tafakkurning asosiy shakllaridan biri ekanligini ilgari suriladi. Shuningdek, maqolada ongning bir vaqtning o‘zida bir nechta sohaga murojaat qila olish qobiliyati insonning murakkab kognitiv faoliyatlari, jumladan, metaforik fikrlash, solishtirish, umumlashtirish va farqlashni ta’minlashi ko‘rsatiladi. Limon tanlash mashqi misoli orqali ushbu nazariyani amaliy jihatdan asoslab, inson tafakkurining o‘ziga xoslik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida shakllanishini yoritiladi. Maqola kognitiv metafora yordamida tafakkur mohiyatini tushunishga yo‘naltirilgan muhim ilmiy-hikmatli tahlil sifatida ahamiyatlidir.