Surunkali Glomerulonefrit Rivojlanishining Kliniko-Patogenetik Va Genetik Jihatlari
Keywords:
Surunkali glomerulonefrit, surunkali buyrak kasalligiAbstract
Surunkali glomerulonefrit (SGN) buyraklarning eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishiga bir qancha omillar, jumladan genetik moyillik, infeksiyalar, autoimmun jarayonlar va tashqi muhit ta’sir ko‘rsatadi. SGN buyraklar filtratsiya tizimiga ta’sir ko‘rsatib, uning funksional holatini pasaytiradi. Buning natijasida qondagi qiymatli moddalarning buyraklar orqali yo‘qotilishi va shu bilan birga, organizm uchun zararli moddalarning yig‘ilishi kuzatiladi. Kasallikning eng muhim xususiyati — uning davomiyligi va progressiyasi bo‘lib, u bemorning hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi.