Chet Mamlakatlar Jurnallarida Tinglovchi Va So‘Zlovchi Nutqidagi Milliy-Madaniy Xususiyatlari Mavzusida Chiqarilgan Maqolalar Tahlili
Keywords:
metodologiya, milliy-madaniy xususiyatlar, tinglovchi nutqi, so‘zlovchi nutqi, solishtirma tahlil, chet tillar, kommunikativ yondashuvAbstract
Ushbu ilmiy maqolada metodologiya tushunchasining mazmun- mohiyati chuqur ochib berilgan bo‘lib, u metodlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Ayniqsa, metodologiya tadqiqotchining nazariy qarashlari va amaliy faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va tiklashda muhim o‘rin tutadi. Metodologiya bu – fanlararo o‘zaro aloqalarni, ilmiy izlanishlarning uslubiy asoslarini, shuningdek, tadqiqot olib borish tamoyillari va texnologiyalarini o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir. Maqolada bu tizimning tarkibiy qismlari, ya’ni umumilmiy, maxsus- ilmiy, texnologik va amaliy metodlar haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Shuningdek, har bir metodning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Fanlarni o‘rganish yoki ularni o‘rgatish jarayonida turli metodlarga tayanish zarurati yuzaga keladi va bu maqolada ana shunday metodlardan foydalanishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Muallif tomonidan keltirilgan namunalar asosida metodlar tanlash va qo‘llashdagi mezonlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, mavjud tajribalar asosida metodologik yondashuvni yanada takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan. Mazkur maqola metodologik tafakkurni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishda foydali nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.