Elbekning Asarlaridan Foydalanib Bolalar Adabiyotini O‘Qitish Metodikasini Takomillashtirish
Keywords:
xumsonlik professor, akademik Ortiqboy Abdullayevning Elbek haqida so‘zlari, “Armug‘on yolqinlar” to‘plami, “Olaqarg‘a bilan qurbaqa” masali, “Odamlarning kuchi nimada?” hikoyasiAbstract
Maqolada Fitrat hamda Cho‘lponlarning zamondoshi, yaqin do‘sti va shogirdi XX asrning serqirra ijodkorlaridan biri, iste’dodli shoir va yozuvchi Elbek (Mashriq Yunusov) va uning ijodi haqida keltirib o‘tilgan. U bolalar adabiyotini yoniq she’rlari, tarbiyaviy masallari, hikoyalari va bir necha dostonlari bilan boyitdi. Shuningdek, u til va adabiyot o‘qituvchisi, islohotchi pedagog sifatida ham alohida e’tirofga sazovor. Uning bu asarlaridan bugungi kunda ham maktab va maktabgacha ta’limda, professional ta’lim hamda oliy ta’limning til va adabiyotni o‘qitish metodikasi va shu kabi mutaxassislik fanlarida foydalanish mumkin.