«Kifayatu-N-Nahv Fi Ilmi-L-E’rāb» Asarida Muallif Nazariy Qarashlarining Dalillanish Prinsiplari

Authors

  • Jumaniyazov Mansur Davletbayev TDSHU tayanch doktoranti

Keywords:

Kelishigi harakatlar va harflar bilan o‘zgarishini, ega va kesim munosabatlari, fe’l kesim munosabatlari, moslashmagan aniqlovchi

Abstract

Arab tili grammatikasining  rivojlanishida Qur’ani karim katta ro’l o’ynadi. Chunki arab adabiy tilining ilk manbalari Qur’oni karim bo’ldi.  Qur’oni karim arab adabiy tiliga asos bo‘lib xizmat qildi. Olimlar tamonidan  arab tili grammatikasiga oid asarlar yaratila boshlandi. Muhimi, nahvshunoslar grammatik qoidalarni asoslab ularni dalillashda Qur’oni karim matnidan va oyatlardan keng foydalandi. Biz tadqiq qilyotgan Ziyovuddin Makkiy Xorazmiyning «Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb» asari o‘sha davr ruhi asosida yozilgan bo‘lib,  nahvshunoslar odatidek  birinchi o‘rinda grammatik qoidalarni asoslashda yoki inkor qilishda bosh manba sifatida Qur’oni karimdan keng foydalangan. Musannif o‘z asarida 250 o‘rinda Qur’oni karimdan dalillar keltirgan. Qur’oni karim bilan qoidalarni isbotlashda uni ikki qismga bo‘lgan: (1) Qur’oni karimning to‘liq matni yoki kichik oyatlar bilan qoidalarni isbotlash; (2) Qur’oni karimning qirotlari bilan asoslash. Qur’oni karim oyatlari bilan birga ba’zi muhim mavzularning grammatik hususiyatlarini ochib berishda hadisi shariflardan ham foydalangan. «Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb»  asarida  o’n bir o’rinda hadisi shariflar qo’llanilgan. Qur’oni karim va hadisi shariflar turli hil mavzular ichida kelgan bo’lib, ularni barcha qoidalar sharhida ko’rish mumkin. Maqolada  so‘zlarning kelishigi harakatlar va harflar bilan o‘zgarishini, ega va kesim munosabatlari, fe’l kesim munosabatlari, moslashmagan aniqlovchi, izohlovchi va nisbiy olmosh mavzularidagi bahsli qoidalarni yoritishda ishlatilgan Qur’on oyatlari tahlilga tortildi.

Downloads

Published

2024-11-22

How to Cite

Davletbayev , J. M. . (2024). «Kifayatu-N-Nahv Fi Ilmi-L-E’rāb» Asarida Muallif Nazariy Qarashlarining Dalillanish Prinsiplari. Miasto Przyszłości, 54, 1083–1090. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/5374